Diktantni baholash mezonlari
Diktantni baholash mezonlari

DIKTANTNI BAHOLASH MEZONLARI


Diktant 5 ballik tizimda baholanadi:


-“5” baho – matn husnixat bilan yozilgan, imlo xatolarsiz yoki 1-2 ta imloviy, 2 tagacha ishoraviy xatolar bo‘lsa;


-“4” baho – matn husnixat bilan yozilgan, imlo xatolar soni 3-4 tagacha, ishoraviy xatolar 3 tagacha bo‘lsa;


-“3” baho – matn alifbo me’yorlariga rioya qilgan holda yozilgan, imlo xatolar soni 5-7 tagacha, ishoraviy xatolar 5 tagacha bo‘lsa;


-“2” baho – matn alifbo me’yorlariga rioya qilgan holda yozilmagan, imlo xatolar soni 8-9 tagacha, ishoraviy xatolar 7 tagacha bo‘lsa;


Imlo xatolar soni 10 va undan ortiq bo‘lganda diktant baholanmaydi yoki 0 qo‘yiladi.


Izoh: Bir tipdagi xatolarning hammasi bitta xato sanaladi.


Bir xil va har xil tipdagi xatolar


- muayyan grammatik hodisa va bir orfografik, punktuatsion, uslubiy qoida bilan bog‘liq nuqsonlar bir xil tipdagi xatolar hisoblanadi. Bir xil tipdagi xatolarning hammasi bitta xato sanaladi va bu baholash uchun mezon bo‘ladi Masalan, ishtirokchi besh o‘rinda h o‘rnida bir so‘zda x yozgan bo‘lsa, hammasi bitta orfografik xato hisoblanadi;


- agar ishtirokchi kirish so‘zlarning yozilishida oltita punktuatsion xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, hammasi bitta xato hisoblanadi;


- agar ishtirokchi vergulning kirish so‘zlarda, uyushiq bo‘laklarda va bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari orasida ishlatilish qoidalarini bilmasa bularning har biri alohida-alohida xato sanaladi;


- agar ishtirokchi matnda qaratqich belgisini 3 o‘rinda noto‘g‘ri qo‘llagan bo‘lsa, bitta uslub xatosi sanaladi.

Esseni baholash mezonlari
Esseni baholash mezonlari

ESSENI BAHOLASH MEZONLARI


Esseni baholash ikki tizimli: mazmuni va matn xatolariga qarab baholanadi.

Esseda to‘plash mumkin bo‘lgan umumiy ball miqdori 40 ball.

Esseni baholash mezonlari (mazmuni – maksimal 20 ball; imloviy, ishoraviy va uslubiy xatolar – maksimal 20 ball).


Esse 40 ballik tizimda baholanadi:


“35-40” ball: mazmuni – 18-20 ball; matn xatolari – 18-20 ball:

- mavzu teran ochib berilgan, raqam va dalillardan o‘rinli foydalanilgan hamda tahlil qilish, mantiqiy xulosalar chiqarishda iqtidor namoyon etilgan bo‘lsa, til va uslubda ravonlik va obrazlilik, fikr-mulohazalarni  erkin ifodalash sezilsa;

- harf elementlari to‘g‘ri yozilgan, husnixat talab darajasida, so‘zlardagi harflarning yozilishida uzilishlar mavjud bo‘lmasa, bosh va kichik hafrlar talab darajasida yozilgan bo‘lsa;

- 4 tagacha imloviy, ishoraviy xatolar mavjud bo‘lsa.


“29-34” ball: mazmuni – 15-17 ball; matn xatolari – 15-17 ball:

- mavzu muayyan darajada ochilgan, dalillardan biroz foydalanilgan bo‘lsa-da, esse yozuvchining ifodada badiiy tasvir vositalaridan foydalanishga intilganligi ko‘rinib tursa, tahlil qilishga harakat qilinganligi ko‘rinib tursa-yu, ammo tahlilda mantiqiy xulosalar chiqarishda ojizligi sezilsa;

- harf elementlari qisman to‘g‘ri yozilgan, husnixat talab darajasida bo‘lsa-yu, so‘zlardagi harflarning yozilishida uzilishlar, bosh va kichik hafrlar yozilishida xatoliklar mavjud bo‘lsa;

- 9 tagacha imloviy, ishoraviy xatolar mavjud bo‘lsa.


“23-28” ball: mazmuni – 12-14 ball; matn xatolari – 12-14 ball:

- mavzu sayoz ochilgan, raqam va dalillar yetarlicha keltirilmagan, esse yozuvchining mavzu yuzasidan tasavvuri yuzaki, fikrlash doirasi tor bo‘lsa, ishda erkin ta’sirli bayon bo‘lmasa;

- harf elementlari noto‘g‘ri yozilgan, husnixat talab darajasida bo‘lmasa;

- 12 tagacha imloviy, ishoraviy va uslubiy xatolar mavjud bo‘lsa.