Savol-javoblar

Ko'p so'ralgan savollar

Eng ko'p so'ralgan savollar

J

“Diktanlar” bo‘limidagi diktant mavzusi ustiga bosish orqali uning audiomatnini topishingiz va eshitishingiz mumkin.

J

Bu orqali diktantlarning murakkablik darajasi belgilangan. Siz o‘z ixtiyoringizga ko‘ra diktant darajalaridan birini tanlashingiz mumkin.

J

Ushbu sayt orqali siz diktant bilan birga yozma ijodiy ish – esse yozishingiz mumkin. Shuningdek, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi, imlo qoidalari, lug‘atlar, videodarslar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishasiz.

J

Saytning “Biz haqimizda” – “Baholash mezoni” bo‘limida diktant va esseni baholash mezonlari alohida-alohida joylashtirilgan mezonlar asosida baholanadi.

J

Yo‘q, mumkin emas! Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin: +998977699688 / +998933344491

J

Saytning yuqori qismi o‘ng tarafida joylashgan “Kirish” tugmasini bosing. Tegishli maydonga mobil telefon raqamingiz va maxfiy kodni kiriting. Keyin “Diktantlar” yoki “Esselar” bo‘limiga o‘tasiz.

J

Siz diktant yoki esseni istasangiz kompyuterda harf terish orqali, istasangiz qo‘lda yozishingiz mumkin. Qo‘lda yozilgan esse yoki diktant matni pdf shakliga keltiriladi va audiodiktant ostidagi “Yuborish” tugmasi orqali yuboriladi.

J

Ro‘yxatdan o‘tish uchun saytning yuqori qismi o‘ng tarafida joylashgan “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasini bosing. Keyin tegishli maydonga mobil telefon raqamingiz va o‘zingiz istagan ixtiyoriy kodni kiritib ro‘yxatdan o‘ting.

J

Diktant aksiyasida o‘zbek tilida yozishni biladigan barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin. Unda ishtirok etish ixtiyoriy bo‘lib, yosh bo‘yicha cheklovlar mavjud emas.

J

O‘zbek tili lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga asoslanadi. Shu bois diktant va esse matnini lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozish maqsadga muvofiq.

J

Diktant aksiyasida ishtirok etish - bu avvalo yozma savodxonlik bo‘yicha o‘z bilimingizni yana bir marta tekshirib ko‘rishning qulay imkoniyatlaridan biridir.

J

Natijalarni shaxsiy sahifangizdagi “Natijalar” bo‘limi orqali faqat o‘zingiz tanishib chiqishingiz mumkin. Natijalar ommaviy tarzda hech qayerda joylashtirilmaydi.

J

Ommaviy diktant aksiyasini har yili an’anaviy ravishda o‘tkazib borish rejalashtirilmoqda. www.tilbilig.uz saytiga a’zo bo‘ling va ushbu loyihaning kelgusi faoliyati bilan tanishib boring.

J

Ushbu aksiyada ishtirok etish uchun hech qayerda borishingiz shart emas. Diktant aksiyasida masofadan turib qatnashishingiz mumkin. Buning uchun www.tilbilig.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishingiz lozim.

J

Diktant aksiyasining o‘tkazilish sanasi www.tilbilig.uz saytida va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

Javob topa olmadingizmi, biz bilan bog'laning!