Biz haqimizda
BIZ HAQIMIZDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son Farmonida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi 117-son qarori bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzurida yuridik shахs mаqоmigа hаmdа Qоrаqаlpоg‘istоn Rеspublikаsi vа vilоyatlаrda hududiy bo‘linmаlаrigа egа bo‘lgаn Dаvlаt tilidа ish yuritish аsоslаrini o‘qitish vа mаlаkа оshirish mаrkаzi tashkil etildi.
Markazning maqsadi – davlat tilini to‘la joriy etish va o‘zbek adabiy tilining yozma nutq me’yor va qoidalari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini davlat tilida ish yuritish tizimida to‘laqonli amal qilishini ta’minlashda davlat tashkilotlari xodimlarining bu boradagi mahoratini doimiy ravishda rivojlantirishga ko‘maklashish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarini muntazam ravishda yangilab borishdan iborat.
Markazning vazifalari:
o‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatadigan o‘quv va malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
davlat xizmatchilarining o‘zbek adabiy tili me’yorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi, davlat tilida ish yuritish asoslari, rasmiy hujjatlar va ularni yozish bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlari, ko‘nikma va mahoratini uzluksiz oshirib borish mexamizmlarini joriy etish;
aholining yozma va og‘zaki savodxonligini oshirish, o‘zbek adabiy tili me’yorlari, o‘zbek tilining tuzilishi bo‘yicha amaliy bilimlari, ko‘nikma va mahoratini tizimli asosda oshirib borish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish;
davlat xizmatchilari hamda aholini o‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish bo‘yicha o‘qitish va ularning malakasini oshirishni yo‘lga qo‘yish hamda zamonaviy o‘quv-metodik, axborot-ma’lumotlar bazasini yaratish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, davlat tashkilotlari xodimlari va keng aholi qatlamining yozma savodxonlik darajasini, o‘zbek adabiy tili me’yorlari, o‘zbek tilining tuzilishi bo‘yicha amaliy bilimlari, ko‘nikma va mahoratini tizimli oshirib borish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tashabbusi bilan “Tilbilig.uz” platformasi yaratildi.
Tilbilig.uz loyihasi – aholi, ayniqsa, yoshlar orasida yozma savodxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va qiziqishni yanada oshirish, uning ijtimoiy mavqeyini mustahkamlash, hamda o‘zbek tili ta’limini takomillashtirishga qaratilgan ta’limiy aksiya hisoblanadi.
Mazkur aksiyada ishtirok etish yoshi chegaralanmagan bo‘lib, unda o‘zbek tilida yozishni biladigan barcha xohlovchilar diktant yozish yo‘li orqali imlo savodxonligi bo‘yicha o‘z bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ommaviy diktant aksiyasida o‘zbek tili bo‘yicha yozma savodxonligini sinamoqchi bo‘lgan barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin.